THE PURPOSE OF THE CONCEPTUAL FRAMEWORK FOR PRESENTING FINANCIAL STATEMENTS

TO'LIQ MATN:

Abstract

Mavzuning dolzarbligi. Moliyaviy hisobotlar tashkilotlarning moliyaviy holatini aniq va ishonchli ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy hisobotlar asosida investorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar iqtisodiy qarorlar qabul qiladilar. Shu sababli, moliyaviy hisobotlarning sifati, aniqligi va umumiy qabul qilingan tamoyillarga muvofiqligi ta’minlanishi shart. Konseptual asos bu jarayonda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot materiallari va usullari. Konseptual asos Kengashning u bilan ishlash tajribasini inobatga olgan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqadi. Konseptual asosning qayta ko‘rib chiqilishi standartlarni o‘zgartirilishiga olib kelmaydi. Standartga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha har qanday qaror Kengashdan yangi loyihani o‘z ishchi dasturiga kiritish, ushbu standartga kiritiladigan o‘zgartirishni ishlab chiqishning belgilangan tartib va taomili bajarilishini talab qiladi. Tadqiqot natijalari. Konseptual asos umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda asosiy yo‘riqnoma hisoblanadi. U MHXS standartlarini ishlab chiqishda Kengashga ko‘maklashadi, moliyaviy hisobot tayyorlovchilarga standartlar yo‘q bo‘lganda yordam beradi va standartlarni tushunishda barcha foydalanuvchilarga qo‘llab-quvvatlovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa. Moliyaviy ma’lumotlarning shaffofligi, hisobdorligi va sifatini yaxshilash orqali jahon moliya bozorida ishonchni oshirishga yordam beradi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

“Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning konseptual asosi” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari kengashi tomonidan 2010 yil sentabrda e’lon qilingan. U 2018 yil mart oyida qayta ko‘rib chiqilgan

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022 yil 10 noyabrdagi 61-son buyrug‘iga 1-ILOVA “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning konseptual asosi”

Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2019. – 227 b.

Международные стандарты финансовой отчетности [Электронный ресурс] : учеб. пособие / авт.-сост. А. А. Мишин ; Владим. гос. ун-т им. А. Г. и Н. Г. Столетовых. – Владимир : Изд-во ВлГУ, 2023. – 417 с.

How to Cite

Mamanov, Z. (2025). THE PURPOSE OF THE CONCEPTUAL FRAMEWORK FOR PRESENTING FINANCIAL STATEMENTS. Markaziy Osiyo Iqtisodiyot Va Mеnеjmеnt Jurnali, (2), 07–09. Retrieved from https://cajem-science.org/index.php/journal/article/view/108
Ko'rishlar soni: 1