MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAQDIM ETISHNING MAQSADI

TO'LIQ MATN:

Abstract

Mavzuning dolzarbligi. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlarni taqdim etish maqsadi Konseptual asosning fundamental bazasini shakllantiradi. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi subyektning iqtisodiy resurslari, tashkilotning resurslariga nisbatan talab qilish huquqlari, ushbu resurslar va talab qilish huquqlaridagi o‘zgarishlarni hamda subyektning rahbariyati, strategik boshqaruv organi iqtisodiy resurslardan foydalanish bo‘yicha o‘z javobgarliklarini qanchalik oqilona, samarali bajarganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot materiallari va usullari. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlar mavjud va potensial investorlar, qarz beruvchilar hamda boshqa kreditorlarga moliyaviy ma’lumotlardan foydalanib hisobot beruvchi subyektni resurslar bilan ta’minlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilishlari uchun taqdim etiladi. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi subyektning qiymatini ko‘rsatish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsada, ular mavjud va potensial investorlar, qarz beruvchilar hamda boshqa kreditorlarga hisobot beruvchi subyektning qiymatini baholashga yordam beradigan ma’lumotni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari. Umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi subyektning moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotni, iqtisodiy resurslar va ushbu hisobot beruvchi subyektga nisbatan talab qilish huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi. Xulosa. Moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi subyektning iqtisodiy resurslari va talab qilish huquqlarini o‘zgartiradigan operatsiyalar va boshqa hodisalarning ta’sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotni ta’minlaydi. Ma’lumotning ikkala turi ham tashkilotga resurslar taqdim etishga oid qarorlar qabul qilish uchun foydali manba ma’lumoti hisoblanadi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022 yil 10 noyabrdagi 61-son buyrug‘iga 1-ILOVA “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning konseptual asosi”

Международные стандарты финансовой отчетности [Электронный ресурс] : учеб. пособие / авт.-сост. А. А. Мишин; Владим. гос. ун-т им. А. Г. и Н. Г. Столетовых. – Владимир : Изд-во ВлГУ, 2023. – 417 с.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022 yil 10 noyabrdagi 61-son buyrug‘iga 1-ILOVA “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning konseptual asosi”

How to Cite

Mamanov, Z. (2025). MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAQDIM ETISHNING MAQSADI. Markaziy Osiyo Iqtisodiyot Va Mеnеjmеnt Jurnali, (2), 10–12. Retrieved from https://cajem-science.org/index.php/journal/article/view/109
Ko'rishlar soni: 1